Mali Bosh vaziri Chogel Kokalla Maiga harbiy hukumatni tanqid qilganidan so‘ng ishdan bo‘shatildi. Mamlakat Prezidentining ORTM davlat telekanali shu haqdagi farmonni e’lon qilgan.
Hukumatni 2021 yil iyundan beri boshqarib kelgan Maiga mudofaa tizimi mansabdorlari uni qaror qabul qilish jarayoniga kiritmaganini ta’kidlab, demokratik saylov kechiktirilishida harbiy mulozimlar asosiy aybdorligini bildirgan.
2020 yil avgust oyida yuz bergan davlat to‘ntarishi tashkilotchisi Assimi Goita o‘sha payt Prezident etib Ba Ndauni, Bosh vazir lavozimiga esa Moktar Uanni tayinlagan edi.
Vitse-prezident lavozimida ham ishlagan Goita 2021 yil mayda Ndau va Uann bir necha harbiy amaldorni ishdan bo‘shatish istagini oshkor qilib, ikkinchi davlat to‘ntarishini amalga oshirdi. O‘zi esa davlat rahbarligini egallab, Maigani Bosh vazirlikka qo‘ydi.
Xalqaro hamjamiyat 2020 yil avgustdan beri demokratik saylov o‘tkazilishi lozimligini aytib, Goitaga bosim qilmoqda. Afsuski, u to‘rt yildan buyon saylov sanasini belgilamayapti.