Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatrida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi vakillari va teatr jamoasi ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Unda teatr san’ati oldida turgan ayrim masalalar va ularning yechimlari, kelgusida bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar xususida so‘z yuritildi.
Teatr direktori etib O‘zbekiston va Qozog‘istonda xizmat ko‘rsatgan artist Azim Mullaxonov hamda teatr bosh rejissyori etib Doston Haqberdiyev tayinlangani rasman e’lon qilindi.
O‘zA