Birlashgan Arab Amirliklarida ot sportining konkur yo‘nalishi bo‘yicha o‘tayotgan “Sharjah Ruler Cup” xalqaro turnirida hamyurtimiz Abdurahmon Abdullayev muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.
Bahslarning dastlabki kungi musobaqasida hamyurtimiz «Quintair» laqabli tulporda 155 santimetr balandlikdan sakrash mashqini jarima ochkolarsiz bajardi. Mazkur ko‘rsatkich Abdullayevga xalqaro turnirning medallari uchun kurashish imkoniyatini yaratdi.
Endi mohir chavandozimiz sovrinli o‘rinlar uchun bahs olib boradi.
T.Ro‘ziyev,
O‘zA