Shu kunlarda Fransiyada tog‘ chang‘isi bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda.

Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, mazkur nufuzli musobaqada dunyoning 30 ga yaqin mamlakat terma jamoalari qatorida o‘zbekistonlik sportchilar ham ishtirok etmoqda.

Kecha hamyurtlarimiz musobaqaning gigant slalom dasturidagi saralash bosqich bahslarida o‘z omadlarini sinab ko‘rishdi.

Jahonning eng kuchli sportchilari qatnashgan bahslardan hamyurtimiz Komiljon To‘xtayev muvaffaqiyatli o‘tdi va final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Terma jamoamiz a’zolaridan Arman Gayupov, Medet Nazarov va Ra’no Imonqulovalar saralash bosqichida jahon chempionatidagi ishtirokini yakunlashdi.

Bugun, 17 fevral kuni jahon chempionatining gigant slalom dasturida Komiljon To‘xtayev 100 nafar nomdor sportchilar qatorida medallar uchun kurashni davom ettiradi.

 

T.Ro‘ziyev,  

O‘zA