Bu haqda Yoshlar siyosati va sport vazirligida o‘tkazilgan yig‘ilishda ta’kidlandi.
Yoshlar siyosati va sport vaziri o‘rinbosari Shahrullo Mahmudov olib borgan yig‘ilish davomida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida o‘tkaziladigan sport musobaqalarida shaffoflikni ta’minlash, yangi mavsumga puxta tayyorgarlik ko‘rish, o‘tgan yilgi musobaqalarda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha mutasaddilarga zarur ko‘rsatmalar berib o‘tildi.
Yoshlar siyosati va sport vazirligi boshqarma boshlig‘i Sharifjon Mo‘minjonov “Besh tashabbus olimpiadasi” uchinchi mavsumiga tayyorgarlik ishlarining borishi xususida so‘z yuritib, musobaqalar Nizomi loyihasi bilan yig‘ilganlarni tanishtirdi.
T.Ro‘ziyev,
O‘zA