Xabar berganimizdek, Germaniyaning Dyusseldorf shahrida shaxmat bo‘yicha mukofot jamg‘armasi 140 ming yevroni tashkil etgan “WR Chess Masters” turnirining 1-tur bahslari yakunlandi.
Hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov ilk turda jahon reytingida ikkinchi o‘rinda borayotgan rossiyalik Yan Nepomnyashiyga qarshi dona surdi.
Shiddatli o‘tgan bahsda hamyurtimiz garchi qora donalarda harakatlangan bo‘lsa-da uchrashuv durang ko‘rinishida poyoniga yetdi.
9 turdan iborat “WR Chess Masters” turniri 26 fevralga qadar davom etadi.
Ertaga, 17 fevral kuni o‘tadigan 2-turda Abdusattorov oq donalarda yana bir rossiyalik shahmatchi Andrey Yesipenko bilan kuch sinashadi.
T.Ro‘ziyev,
O‘zA