Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko ertaga, 17-fevral kuni Moskvaga keladi. Rossiya yetakchisi matbuot kotibi Dmitriy Peskov Lukashenkoning Vladimir Putin bilan uchrashuvi Novo-Ogaryovoda oʻtishini tasdiqladi. Bu haqda “TASS” agentligi xabar berdi.
“Suhbat har tomonlama keng koʻlamli mavzularni qamrab oladi”, dedi matbuot kotibi.
Peskov qoʻshimcha qilishicha, bu ikki davlat rahbari soʻnggi bor 5-fevralda muzokara oʻtkazgan. Oʻshanda ular yaqin orada yana uchrashishga kelishib olishgan edi.
Lukashenko ham mahalliy jurnalistlarga “uchrashuvga jiddiy tayyorgarlik koʻrayotganini” bildirdi.
Rossiya va Belarus Ittifoqi oliy kengashi navbatdagi yigʻilishini aprel-may oylarida oʻtkazish rejalashtirilayotgani ham maʼlum qilindi.
OʻzA