Bu haqda Reuters agentligi ma’lum qilmoqda.
13 fevralda mamlakat hukumati Ebola bezgagini keltirib chiqaruvchi viruslar oilasiga kiruvchi yuqimli kasallik haqida ilk bor xabar tarqatgan edi. Marburg virusi bemorning vafot etish ehtimoli juda yuqoriligi bilan ajralib turadi.
Xabarda aytilishicha, mamlakat g‘arbidagi Kiyentem provinsiyasida hozirgacha 9 bemor hayotdan ko‘z yumgan. Olingan tahlillar uning virusli gemoroy bezgagi ekanini tasdiqlamoqda, deb xabar bermoqda Senegaldagi Paster instituti.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) ma’lum qilishicha, yana 16 kishi ushbu virus bilan karantinga olingan. Ularning barchasida tana titrog‘i, charchoq, qon aralash qayd qilish kabi kasallik alomatlari kuzatilmoqda. JSST tibbiyot xodimlarini qo‘llab-quvvatlash uchun kasallik tarqalgan mintaqaga jo‘natdi, deyiladi xabarda.
Xastalik qayd etilgan ikkita qishloqda harakatlar cheklangan. Bemorlar va ular bilan muomala qilganlar kuzatuvga olingan.
Bu mamlakatda qayd etilgan ilk, Afrika qit’asida esa uchinchi hodisa hisoblanadi.
Mazkur virus mevali daraxtlarda yashaydigan ko‘rshapalaklardan odamlarga yuqadi va odamlar orasida qon, ter, so‘lak orqali tarqaladi. Kasallikka qarshi vaksina yoki davolash usuli topilmagan bo‘lsada, mutaxassislar kasallikni yuqtirganlikda gumonlangan bemorlarga ko‘p suv ichishni tavsiya qilmoqda.
Marburg virusi shu vaqtgacha Angola, Kongo demokratik Respublikasi, Keniya, Janubiy Afrika va Ugandada ro‘yxatga olingan edi.