Xitoy bir vaqtning o‘zida 20 davlat, jumladan, Janubi-sharqiy Osiyo, Yaqin Sharq mintaqasi, shuningdek Rossiya, Janubiy Afrika Respublikasi, Shveysariya, Argentina kabi mamlakatlarga guruh sayohati tashkil qilinishini qayta tikladi.
Ma’lumotga ko‘ra, yangi yilda sayohatga oldindan buyurtma berish o‘rtacha 640 foiz oshgan. Asosan, Osiyo mamlakatlari tomon, xususan, Bangkok, Singapur va Kuala-Lumpur yo‘nalishlariga sayohat ko‘paygan. Xitoy hukumati turli cheklovlarni bekor qilishi Osiyo, Tinch okeani va boshqa hududlarga turizmni tiklash bo‘yicha qo‘yilgan muhim qadamdir.
O‘zA