Pandemiya davridan beri yurtimizning xalqaro yo‘nalishdagi barcha poyezd harakatlari to‘xtatilgan edi. Bugun 2 fevraldan boshlab Toshkent-Novosibirsk-Toshkent yo‘nalishidagi poyezd harakati oradan uch yil o‘tib qayta tiklandi.
Ushbu yo‘nalishdagi poyezdda yo‘lovchilar ikki yarim kun mobaynida Toshkentdan Novosibirskka yetib olishlari mumkin bo‘ladi.
Kelgusida Toshkent-Kazan, Toshkent-Saratov yo‘nalishidagi poyezdlar harakatini ham bosqichma-bosqich qayta tiklanishi rejalashtirilmoqda.
O‘zA