13 ta mamlakatdan iborat ishchi guruh a’zolari Islom davlatlarida shaybali xokkeyni rivojlantirish assotsiatsiyasini tuzish tashabbusi bilan chiqdi. Assotsiatsiya rahbarligini tataristonlik tadbirkor Nail Maganov olib boradi, deyiladi Insidethegames xabarida.

Tatariston Respublikasi Rossiyaning bir qismi sifatida ushbu assotsiatsiya tarkibidan joy olgan bo‘lib, Jazoir, Bahrayn, Eron, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Mo‘g‘uliston, Marokash, Ummon, Saudiya Arabistoni, Turkiya, Turkmaniston, Birlashgan Arab Amirliklari va O‘zbekiston mazkur assotsiatsiyaga qo‘shilgan 13 ta davlat sifatida talqin etilgan.

Assotsiatsiyaning shtab kvartirasi Tatariston poytaxti Qozon shahriga joylashtiriladi.


T.Ro‘ziyev, O‘zA