O‘zbekiston milliy paralimpiya qo‘mitasi tomonidan “Xanjchou-2022” Para Osiyo o‘yinlari hamda “Parij-2024” Paralimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rayotgan sportchilar har qanday turdagi dori vositalari faqatgina qo‘mitaning tibbiyot departamenti mutaxassislari bilan kelishilgan holda iste’mol qilinishi qat’iy belgilab qo‘yildi.
Bu haqda qo‘mitada milliy terma jamoa a’zolarining 2023 yilgi musobaqalarga hozirlik ko‘rishga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilishda ta’kidlandi.
Unda shuningdek, trenerlarning individual rejasi, yil davomida o‘tkaziladigan o‘quv-mashg‘ulot jarayoni, reyting musobaqalar, chempionatlarga sportchilarni saralash, antidoping va kun tartibidagi boshqa masalalar muhokama qilindi, deyiladi qo‘mitaning matbuot xizmati xabarida.
T. Ro‘ziyev, O‘zA