Iste’dodli yosh tennischimiz Amir Milushev Hindistonning Dehli shahrida poyoniga yetgan J200 ITF turnirida amerikalik sportchi bilan juftlikda g‘oliblik shohsupasiga ko‘tarildi.

Qatar poytaxti Doha shahrida ITF tasnifidagi turnir finalida Humoyun Sultonov hindistonlik Parikshit Somani juftligi italiyalik Jakopo Berrettini hamda estoniyalik Kristian Tamm tandemini 7/6(3), 6/2 hisobida mag‘lub etib, g‘oliblikni tantana qildi.

Har uchala yosh raketka ustalarimizning xalqaro turnirlarda zafarli odim tashlashida O‘zbekiston milliy banki jamoasining qo‘llab-quvvatlashi alohida ahamiyat kasb etadi, deyiladi mamlakat Tennis federatsiyasi matbuot xizmati xabarida.

T. Ro‘ziyev, O‘zA