Birlashgan Arab Amirliklarining Abu-Dabi shahrida ot sportining konkur yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkazilgan CSI*2 tasnifidagi xalqaro musobaqada hamyurtimiz Abdurahmon Abdullayev munosib natijaga erishdi.

Shiddatli bahsda balandligi 145 santimetrdan iborat to‘siqdan sakrash dasturida Abdullayev “Caballone” laqabli tulpor bilan kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Oltin Gran-pri maqomidagi mazkur yo‘nalishda Abdurahmon Abdullayev kuchli chavandozlar orasida faqatgina germaniyalik Devid Uillga imkoniyatni boy bergan bo‘lsa, Birlashgan Arab Amirliklari vakili Salim Al-Suvaydi 3-o‘rin bilan kifoyalandi, deyiladi Milliy olimpiya qo‘mitasi xabarida.

 

T. Ro‘ziyev, O‘zA