Professional boksning eng og‘ir vazn toifasida mag‘lubiyatsiz faoliyatini davom ettirayotgan Bahodir Jalolov yangilangan WBC reytingida 14-o‘rindan joy oldi.

Professional boksning eng nufuzli yo‘nalishi WBCning chempionlik kamari ayni paytda britaniyalik Tayson Fyuriga tegishli.

Amerikalik sobiq jahon chempioni Deontey Uaylder reytingda birinchi pog‘onada borayotgan bo‘lsa, yana bir sobiq jahon chempioni meksikalik Endi Ruiz ikkinchi o‘rinni egalab turibdi. Kuchli uchlikka kubalik Frenk Sanches yakun yasagan. Kelib chiqishi rossiyalik, hozirda Kanada sharafini himoya qilayogan Arslanbek Mahmudov 4-qatorda qayd etilgan.

Olimpiya o‘yinlari g‘olibi, havaskor boksda jahon chempioni bo‘lgan yengilmas sportchimiz Jalolovning WBC reytingida kuchlilar qatoriga ko‘tarilishi yil shiddatli janglarga boy bo‘lishidan dalolat bermoqda, deyiladi O‘zbekiston professional boks xabarida.

 

T.Ro‘ziyev,

O‘zA