AQSH Federal savdo komissiyasi alkogolsiz ichimliklar ishlab chiqarayotgan PepsiCo va Coca-Cola kompaniyalariga nisbatan monopoliyaga qarshi tergov boshladi.
Politico gazetasi bergan xabarga asoslanadigan bo‘lsak, mamlakatdagi do‘konlarga mahsulot yetkazib berish paytida narxlar sun’iy ravishda oshirilgani gumon qilinmoqda.
Dekabr oyida rasmiylar alkogolsiz ichimliklarni qanday sotib olish va narxlarni belgilash haqida ma’lumot olish uchun yirik chakana savdo tarmoqlari, jumladan, Walmart’ga murojaat qilgan.
– PepsiCo va Coca-Cola narxlari strategiyasi 1936 yildagi Robinson-Patman qonuniga muvofiq sinovdan o‘tkazilmoqda, bu ishlab chiqaruvchilardan o‘z mahsulotlarini chakana sotuvchilarga bir xil shartlarda yetkazib berishni talab qiladi, – deyiladi axborotda.
Komissiya rahbari Alvaro Bedoyya ushbu qonunga rioya etilishi ustidan nazoratni AQSH prezidenti Jo Bayden ma’muriyati monopoliyaga qarshi siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylantirgani aytilmoqda.
Masalaning ikkinchi tomonichi? Federal savdo komissiyasi 1988 yildan buyon ushbu qoidani ko‘rib chiqmagan ekan. Ustiga-ustak FSK, PepsiCo, Coca-Cola va Walmart vakillari Politico gazetasi muxbiriga masala yuzasidan izoh berishdan bosh tortdi.
O‘zA