Tennis bo‘yicha Avstraliya ochiq chempionati (Australian Open) tashkilotchilari koronavirus testi ijobiy bo‘lgan turnir ishtirokchilariga bu haqda xabar bermaslik va agar o‘zlarini yetarli darajada yaxshi his qilsalar musobaqani davom ettirishlariga ruxsat berdi. Bu haqda Avstraliya Tennis federatsiyasi ijrochi direktori Kreyg Tili ma’lum qildi.
Ijrochi direktorning so‘zlariga ko‘ra, turnir tashkilotchilari COVID-19 testini topshirishga aloqador hech qanday talab qo‘ymaydi.
Shuningdek, tomoshabinlar koronavirus testining salbiy natijasi yoki emlanganlik to‘g‘risidagi sertifikatni o‘zlari bilan olib yurishga majbur emaslar.
Eslatib o‘tamiz, Australian Open 16-29 yanvar kunlari Melburn shahrida bo‘lib o‘tadi. Joriy yilda chempionatga kamida 900 ming tomoshabin kelishi kutilmoqda.
G. Abdullayeva tayyorladi, O‘zA