O‘zbekiston Gidrometeorologiya xizmati bugundan mamlakatimizga Volgabo‘yi hududlaridan sovuq havo massasi kirib kelishini xabar bergan edi.
“Meteojurnal”ning xabar berishicha, yaqin bir necha kun ichida Markaziy Osiyo mamlakatlarida anomal sovuq ob-havo kuzatiladi.
Qozog‘istonda 10 yanvar kuni kechasi shimoliy, g‘arbiy va markaziy hududlarda sovuq 30-35 darajagacha bo‘ladi. 11 yanvarda sovuq havo oqimi respublika sharqiga o‘tadi va janubga o‘tishda davom etadi. Sovuq joylarda 31-36 darajaga tushib ketadi.
12 yanvardan Qozog‘istonning janubiy va janubi-sharqida 24-29, tog‘li hududlarda esa sovuq 30 darajadan past bo‘ladi.
Qirg‘izistonda 12 yanvardan tog‘oldi hududlarda 20-25, tog‘li hududlarda 29-34 darajagacha sovuq bo‘ladi.
Tojikistonning janubiy-sharqidagi tekislik hududlarda sovuq 10 -15 gacha, tog‘li hududlarda 24 -29 gacha bo‘lishi kutilmoqda.
Turkmanistonda 11 yanvarda mamlakat shimolida 15-20 darajagacha, 12 yanvarda 17-22, janubi-sharqda 18-23, qolgan hududlarda minimal harorat 12-17 daraja sovuqni tashkil qiladi.
Afg‘onistonning tog‘li hududlarida 12 yanvardan kechasi 25-30, mamlakatning tekisliklarida janubda 10-15, shimolda 12-17, ba’zi joylarda 18 -23 sovuq bo‘lishi kutilmoqda.
O‘zA