Championat.com nashrining yozishicha, «Pari Sen-Jermen» klubi hujumchisi Kilian Mbappe Fransiyaning 2022 yildagi eng yaxshi sportchisi deb topildi.

Sport sohasiga bag‘ishlangan L’Equipe umummilliy gazetasi o‘tkazgan so‘rovnomaga ko‘ra, K.Mbappe 832 ochko jamg‘argan. Ikkinchi o‘rinni 484 ochko bilan Ispaniyaning «Real Madrid» klubi hujumchisi Karim Benzema band qildi.

Kuchli o‘ntalikka kirgan sportchilar ro‘yhati bilan tanishishingiz mumkin:

1. Kilian Mbappe (futbol, 832 ochko)

2. Karim Benzema (futbol, 484)

3. Kent Fiyon-Maye (biatlon, 403)

4. Antuan Dyupon (regbi, 389)

5. Leon Marshan (suzish, 358)

6. Kevin Mayer (yengil atletika, 169)

7. Klement Noel (chang‘i, 126)

8. Giyom Cizeron (figurali uchish, 75)

9. Romen Kannon (qilichbozlik, 52)

10. Sharl Kodrele (yelkan, 50)

“L’Equipe’ning eng yaxshi sportchisi” mukofoti Fransiyada 1946 yildan, butun dunyoda esa 1975 yildan boshlab ta’sis etilgan. 2012 yildan buyon ushbu mukofot Fransiya va dunyoning eng yaxshi sportchisiga individual ravishda topshiriladi.

Ma’lumot o‘rnida qayd etish kerakki, reyting ovoz berish natijalariga ko‘ra aniqlanadi. Har bir nashr jurnalisti nomzodlar ro‘yxatidan beshta sevimli sportchini tanlaydi. Birinchi o‘rin – olti, ikkinchi – to‘rt, uchinchi – uch, to‘rtinchi – ikki, beshinchi – bir ochko degani.

O‘zA