Bugun, 9 yanvardan boshlab Tailandga kelgan 18 yoshdan oshgan barcha yo‘lovchilar yana kamida ikki dozali koronavirusga qarshi emlanganlik sertifikatini taqdim etishi kerak bo‘ladi.
Bu haqda, Air Astana matbuot xizmati xabar bergan.
Vaksinaning ikkinchi komponenti mamlakatga kirishdan kamida 14 kun oldin olinishi talab qilinyapti.
Bundan tashqari, yo‘lovchilarning 5 foizi yetib kelganida tanlab PZR testidan o‘tadi.
– Emlanmagan yo‘lovchilar shifokorning asosli xati yoki oxirgi olti oydan kechiktirmay olingan koronavirusdan tuzalganligini tasdiqlovchi ma’lumotnomaga ega bo‘lishi kerak, – deyiladi “Kazinform” axborotida.
Qolaversa, JSST va Tailand Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan vaksinalar ro‘yxati ko‘plab ommaviy axborot vositalarida ko‘rsatilmoqda.
Yana bir ma’lumot: fuqarolarda koronavirus infeksiyasi aniqlangan taqdirda Tailandda yetti kun qolishi mumkin, faqat ularda virusga qarshi davolanishni qoplaydigan tibbiy sug‘urta bo‘lishi kerak.
Aviakompaniya bayonotida aytilishicha, emlash va sug‘urta talablari Tailand fuqarolariga taalluqli emas. Tranzit yo‘lovchilariga ham emlash va sug‘urta talabi qo‘llanilmaydi.
O‘zA