Atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha yangi qoidalar 6 yanvardan kuchga kiradi. Shu kundan boshlab mamlakat ko‘chalari va plyajlarini chekib tashlangan sigareta qoldiqlaridan tozalash uchun hisob-kitoblar tamaki mahsulotlari ishlab chiqaradigan kompaniyalarga yuboriladi, deb xabar qildi “Euronews”.
“Rezero” tabiatni himoya qiluvchilarning Kataloniya jamiyati tozalash xarajatlari bir kishi uchun yiliga 12 dan 20 yevroni tashkil etib, umumiy yillik xarajatlar 1 milliard yevroga yetib borishi mumkinligini hisoblab chiqdi. Shuningdek, tamaki ishlab chiqaruvchilaridan chekuvchilarga kuldonlar va axlat qutilaridan foydalanish zarurligi to‘g‘risida eslatishlari talab qilinadi.
Bundan tashqari, 6 yanvardan mamlakatda YeI qoidalariga binoan, bir martalik plastik idishlar va ovqatlanish anjomlari, shuningdek, naycha va paxta tayoqchalari sotuvini ta’qiqlash qonuni kuchga kiradi.
G. Abdullayeva tayyorladi, O‘zA