Amerikaning eng keksa ayoli Bessi Xendriks 115 yoshida hayotdan ko‘z yumdi, deb xabar bermoqda New York Post nashri.
Nashrning ta’kidlashicha, Bessi Xendriks 1907 yil 7 noyabrda Ayova shtatida dunyoga kelgan. Kampir beshta farzand ko‘rgan, ularning ikki nafari avval vafot etgan.
Fermada ishlab ulg‘aygan Bessi Xendriks uzoq umr ko‘rish siri borasida gapirganda, birinchi navbatda, “og‘ir mehnat”ni aytib o‘tgan, deb yozadi mazkur nashr.