Ozarbayjonning bir yo‘la beshta tumanida kuchli qor bo‘roni tufayli gaz ta’minotida uzilishlar kuzatilmoqda, 5 mingta abonent gazsiz qoldi, deb xabar bermoqda “Azerigaz” ishlab chiqarish birlashmasi matbuot xizmati.

So‘nggi bir necha kun davomida Ozarbayjonning qator tumanlarida noqulay ob-havo sharoiti kuzatilmoqda. “Havoning keskin pasayib ketishi oqibatida Imishli, Gubin, Gusar, Lerik, Astarin tumanlarida qator qishloqlarni gaz bilan ta’minlashda uzilishlar kuzatilgan.

“Azerigaz” ishlab chiqarish birlashmasi sovuq havo sharoitida aholini gaz bilan uzluksiz ta’minlash uchun barcha imkoniyatni ishga solmoqda. Keskin ob-havo gaz ta’minotchilar faoliyatini cheklab qo‘ymoqda, shunga qaramay, gazsiz qolgan 5000 abonent muammosini hal qilish uchun muhim choralar ko‘rilmoqda”, – deyiladi birlashma tarqatgan xabarda.