Shu kunlarda poytaxtimizda qilichbozlik bo‘yicha kattalar o‘rtasida o‘tkazilayotgan O‘zbekiston chempionatida jahon birinchiliklari va Olimpiya o‘yinlarining ishtirokchilari bo‘lgan Paola Pliyego, Zaynab Dayibekova, Musa Aymuratov kabi mahoratli sportchilar bilan bir qatorda o‘nlab yosh iste’dodlar qatnashmoqda.
Bugungacha o‘tkazilgan musobaqalarning yakkalik bahslarida g‘olib va sovrindorlar nomi ma’lum bo‘ldi.
E’tiborlisi, ayollar o‘rtasidagi sablya bahslarida umidli sportchimiz katta tajribaga ega Paola Pliyego bilan finalda ro‘baro‘ kelib, tajribali sportchini 2-o‘rin bilan kifoyalantirdi.
Shuningdek, o‘z yo‘nalishlarida Musa Aymuratov, Roman Aleksandrov, Ilyas Molin, Malika Hakimova va Umida Ilyosova g‘oliblik shohsupasiga ko‘tarildi.
Qilichbozlik bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi murabbiylar shtabi vakillarining bildirishicha, ushbu chempionatda munosib natijaga erishgan sportchilar kelgusida “Parij-2024” Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanmalar taqdim etadigan xalqaro musobaqalarda ishtirok etadi.
Mamlakat birinchiligi bahslari davom etmoqda.
T.Ro‘ziyev, O‘zA