FOTOREPORTAJ
Poytaxtimizdagi “Universal” sport saroyida dzyudo bo‘yicha kattalar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati start oldi. Unda Respublikamizning barcha hududlaridan tashrif buyurgan polvonlar g‘oliblik uchun bahs olib bormoqda.
Kelgusi yil uchun terma jamoa tarkibini shakllantirib olishda muhim ahamiyat kasb etuvchi mazkur musobaqaga bo‘lgan qiziqish juda katta. Ishtirokchilar orasida bu yilgi jahon chempionlari Davlat Bobonov hamda Muzaffarbek To‘raboyev yo‘q. Shuningdek, yetakchilardan Sharofiddin Boltaboyev ham chempionatda kurashmaydi. Ular yakka tartibda dekabr oyida Tokio “Katta dubulg‘a” turniri hamda Isroilda o‘tadigan Masters musobaqasiga hozirlik ko‘rmoqda.
O‘zbekiston chempionati 25 noyabrga qadar davom etadi.
Muhammad AMIN(surat),O‘zA