O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori boshchiligidagi delegatsiya Vetnam Sotsialistik Respublikasi Bosh prokurorining taklifiga binoan Xanoy shahriga tashrif buyurdi.
Tashrif doirasida O‘zbekiston Bosh prokurori Nig‘matilla Yo‘ldoshev va Vetnam Bosh prokurori Le Min Chi o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Konstruktiv muloqot davomida tomonlar ikki davlat nazorat organlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni yanada rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlarini muhokama qildi.
Uchrashuv yakuni bo‘yicha ikki davlat vakolatli organlarining jinoyat protsessi doirasida huquqiy hamkorlikni amalga oshirish imkonini beradigan O‘zbekiston Respublikasi va Vetnam Sotsialistik Respublikasi o‘rtasida jinoyat ishlari bo‘yicha o‘zaro huquqiy yordam to‘g‘risidagi shartnoma imzolandi.
O‘zA