Fotoreportaj

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Amudaryo tumani “Barkamol avlod” bolalar maktabida “Madaniyat va san’at”, “Texnika, konstruktorlik va modellashtirish”, “Jismoniy tarbiya va sport”, “Hunarmandchilik va qo‘l mehnati”, “Turizm va ekologiya”, “Oliy ta’lim muassasalari va maktabga tayyorlov” yo‘nalishlari bo‘yicha 68 ta to‘garak faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

Maktab yosh avlodni ma’naviy barkamol etib tarbiyalash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, san’at, sport, axborot texnologiyalariga bo‘lgan qiziqishini qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Tajribali pedagog va o‘z kasbining ustasi bo‘lgan mutaxassislar tomonidan tashkil etilayotgan to‘garaklarga 1668 nafar o‘quvchi qamrab olingan. Yoshlar “Bolalar va suv”, “Ekolgiya bolalar nigohida”, “Varraklar sayli”, “Zarb”, “Yilning eng yosh ixtirochisi” kabi ko‘rik-tanlov va festivallarda o‘z bilim va mahoratini namoyish etmoqda.

Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA