FOTOREPORTAJ
Davlatimiz rahbarining joriy yil 19 yanvardagi “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, “Mahalla-sektor-tuman-viloyat-respublika” tizimi asosida o‘tkazib kelinayotgan “Besh tashabbus olimpiadasi” mahallalarda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni kitobxonlik, madaniyat va san’at, intellektual o‘yinlar, axborot texnologiyalari hamda sport turlariga jalb qilishga xizmat qilmoqda.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida “Besh tashabbus olimpiadasi”ning ikkinchi mavsumiga start berildi. Ushbu mavsum doirasida o‘tkaziladigan ko‘rik-tanlov va musobaqalarda ishtirok etish uchun jami 238 ming 803 nafar yosh elektron tarzda ro‘yxatdan o‘tgan.
Dastlabki musobaqalar stol tennisi, shaxmat va shashka bo‘yicha o‘tkazildi. Amudaryo, Beruniy, Ellikqal’a, Taxiatosh, Kegeyli, Qanliko‘l, Qo‘ng‘irot tumanlari hamda Nukus shahridagi mahallalarda belgilangan dastur asosida o‘tkazildi.
Mazkur bosqich doirasidagi sport musobaqalari va tanlovlar sentyabr oyi oxiriga qadar respublikaning barcha tuman va shaharlarida to‘liq yakunlanishi rejalashtirilgan. Keyingi bosqichlar oktyabr va noyabr oylarida tashkil etiladi.
Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA