Kundalik gazetalarni varaqlab, axborotlarning rang-barangligi, muxbirlarning tezkorligini his etib turasiz…

“Yangi O‘zbekiston”ning bugungi sonidan o‘rin olgan “Bunyodkorlik salohiyatimizning amaliy ifodasi” nomli sharh, davlat rahbarining “Butunjahon 44-shaxmat olimpiadasi g‘oliblari va ishtirokchilarini mukofotlash to‘g‘risida”gi farmoni joy olgan. “Iftixor” ruknida berilgan “Yangi O‘zbekiston orzusi va ruhi bilan yo‘g‘rilgan tarixiy g‘alaba muborak!” sahifasi, shunindek, O‘zbekiston xalq shoiri Mahmud Toirning “Shaxmat olamining yosh sultonlari” she’ri ham jahon chempioni bo‘lgan shaxmatchilarimizga bag‘ishlanadi. Jamiyatimizning yangi qiyofasi, O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 31 yilligiga, taraqqiyot mezonlari, jarayon, taraddud va yoshlarga oid davlat siyosati aks etgan maqolalar zamirida inson kamoloti, odam bolasi har doim talpinib turadigan aziz Vatan va unga muhabbat borligini his et turasiz.

“Xalq so‘zi”da ham kechagi kunning muhim yangiliklari aks etgan. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘ttizinchi yalpi majlisi to‘g‘risidagi Axboroti ham joy olgan. “Deputatlar vazirning javoblaridan qoniqdimi?”, “O‘rganish chog‘ida aniqlangan muammolarga yechim topildimi?”, “Taraqqiyotning tamal toshi”, “Konstitutsiyaviy islohotlar inson qadri va erkinliklarini yuksaklikka ko‘taradi” kabi maqolalar muhim va dolzarbligi bilan e’tiborli…

“XXI ASR”da bir qator muhim maqolalar e’lon qilingan. “XXI asr qahramonlari” sahifasini o‘qib, ko‘nglingiz o‘sadi. “Hokimlarni deputat va senator bo‘lish huquqidan mahrum qilish kerak”, “Taklif – murojaatlar to‘xtamayapti”, “Kasbida intensiv bog‘dorchilik intensiv o‘smoqda”, “Cho‘tqarada nima gap?” kabi maqolalar ham rang-barangligi va ko‘tarilgan masalalarining muhim, dolzarbligi bilan gazetxon e’tiborida bo‘ladi.

“Ishonch”ning bugungi soni, albatta, o‘qing. Shaxmatchilarimizga bag‘ishlangan sahifa, “Avlodlar rizqiga chang solmaylik”, ”Bizga suv filtrlari kerak (mi?)”, “Kaliy zavodida ishlash osonmi?”, “Hech kim kafolat berolmaydi yoxud homilador dori ichishi mumkin emas (mi?), “Sirti yaltiroq…”, “Xirom aylayotgan “erkak”lar” kabi maqolalarda bugungi kun manzaralari, tashvish va og‘riqlarini ko‘rasiz.

“Jamiyat” ham shaxmatchilarimiz erishgan g‘alaba – “Kelajakning oltin poydevori” bilan boshlanadi. “Hisobot emas amaliy natijalar muhim”, “Inson huquqlari ustuvor”, “Matonatli Maryam” kabi maqolalarni o‘qiganda qaddini tik tutayotgan jamiyat qiyofasi ko‘z o‘ngingizdan o‘tadi. Rustam Jabborovning “Navoiyni yig‘latgan doston” maqolasi orqali buyuk shoir ijodiga tavajjuh qilasiz.

“Qishloq hayoti”da e’lon qilingan “Kartoshkachilikda norinliklar tajribasi”, “Bank ko‘magi – tadbirkor ko‘magi”, “G‘o‘za barglarini sun’iy to‘ktirish” kabi maqolalarda joylardagi yutuqlar bilan birga hushyorlikka da’vatni ham ko‘rasiz…

bugungi gazetalarni o‘qing.

A.Narzulloyev, O‘zA