Viloyat hokimlariga ham o‘z hududida eksportchilar sonini oshirish va yangi laboratoriyalar ochish bo‘yicha dastur qabul qilish topshirildi.

Investitsiya vazirligiga:

– xalqaro sertifikatsiya talablarining ichiga kirib, qaysi laboratoriyani modernizatsiyalash va qaysi standartni o‘zgartirish kabi masalalarni hal qilish;

– yil yakunigacha tekstil, elektrotexnika, agro va oziq-ovqat sanoati bo‘yicha 27 ta xalqaro ko‘rgazmada ishtirok etib, kamida 100 tadan eksportchilarni Yevropa bozoriga olib chiqish topshirildi.

Texnik tartibga solish agentligi yil yakuniga qadar xalqaro standartlar joriy qilingan korxonalar sonini 3 baravar oshirib, 1 ming 200 taga yetkazishi shartligi ko‘rsatib o‘tildi.

Ushbu korxonalarda Yevropaning 1,5 mingta standartlari joriy etiladi. Bu orqali, har bir korxona xalqaro laboratoriya xulosalari uchun 1 milliard so‘m iqtisod qilib, eksportga ketadigan vaqti 3 haftagacha qisqaradi.

Bundan tashqari, agentlikka 121 ta laboratoriya xulosalarini xalqaro standartlarga moslashtirib, kamida 100 ta davlatda tan olinishini ta’minlash topshirildi.

O‘zA