Prezident raisligida videoselektor yig‘ilishi davom etmoqda.

–Yana bir muhim masalaga e’tiboringizni qaratmoqchiman. Xalqaro moliya bozoridagi hozirgi nobarqaror vaziyatda chetdan mablag‘ jalb qilish nihoyatda qiyin bo‘ladi. Bunday sharoitda o‘zimizda bor resurslardan samarali va to‘liq foydalanish shart, – dedi Prezident.

Hozirgi kunga qadar qiymati 9 milliard dollar bo‘lgan 105 ta loyiha doirasida jalb etilgan mablag‘lar ishlatilmasdan turgani yoki cho‘zilayotgani ko‘rsatib o‘tildi.

Bir oy muddatda har bir loyihani o‘rganib, ularni jadallashtirish topshirildi. Bunda, samarasiz va istiqbolsiz loyihalarni tugatish bo‘yicha takliflar tayyorlanadi.

O‘zA