Gruziya Parlamenti raisi I.Kobaxidze boshchiligidagi delegatsiya 2018- yil 20- yanvar kuni rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keladi.

Tashrif dasturidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Qonunchilik palatasida, shuningdek, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi hamda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasida uchrashuvlar, mamlakatimiz hukumatida muzokaralar o‘tkazish o‘rin olgan. Ularda O‘zbekiston va Gruziya o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikning bugungi holati va uni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilinadi.

Tashrif doirasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi bilan Gruziya parlamenti o‘rtasida Parlamentlararo hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolanishi kutilmoqda.

Delegatsiya a’zolari Samarqandga tashrifi chog‘ida Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov qabriga gul qo‘yadi, diqqatga sazovor joylarni ziyorat qiladi.

 

O‘zA