“Boston” muxlislari ishonchini oqlamadi

Milliy xokkey ligasi tomonidan Amerika qit’asida doimiy tarzda o‘tkazilib kelinayotgan chempionat bahslari davom etmoqda.

Chempionatning Boston shahrida joylashgan “TD Garden” sport arenasida “Boston” klubi “Dallas”ni qabul qildi. Unda mezbonlar o‘z muxlislari oldida raqib jamoaga – 2:3 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. “Kolorado” va “Anaxaym” o‘rtasidagi uchrashuvda 3:1 hisobida qayd etildi.

Kaliforniya shtatidagi bir necha sport turlariga mo‘ljallangan “Staples Center” saroyida “Los-Andjeles” va “San-Xose” jamoalari o‘zaro bahslashdi. Safarda o‘yin o‘tkazishiga qaramasdan “San-Xose” mezbonlar darvozasiga to‘rt marotaba shaybani joylab qo‘ydi. Biroq o‘yinning uchinchi bo‘limida o‘z darvozasidan bir marotaba shaybani olib chiqdi.

Shuningdek, “Monreal” va “Aylenders” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv 4:5 hisobida yakunlandi.

 

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA