Qishloq va olis tumanlardagi shifokorlarning ta’minlanganligini yaxshilash maqsadida tibbiyot tashkilotlarida mehnat qilayotgan shifokor-pensionerlarga pensiyani to‘liq miqdorda to‘lash ko‘zda tutilmoqda.

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xususiy tibbiyot tashkilotlarini yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha shart-sharoitlarni yaratish to‘g‘risida”gi qarorida keltirilgan.

Qarorda xususiy tibbiyot tashkilotlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlashga alohida urg‘u berilgan. Xususan, “Asaka” aksiyadorlik-tijorat banki qoshida tashkil etilgan nodavlat tibbiyot tashkilotlarini rivojlantirish jamg‘armasiga har bir hudud uchun hajmi 1 million dollar miqdorida bo‘lgan navbatdagi 14 million dollar hajmidagi transh kredit mablag‘larini ajratish nazarda tutilgan.

Bunda, nodavlat tibbiyot tashkilotlarini rivojlantirish jamg‘armasining mablag‘lari yuqori malakali xorijiy mutaxassislarni jalb qilish, xususiy tibbiyot tashkilotlari shifokorlarini malaka oshirishga xorijiy mamlakatlarga yuborishga hamda nodavlat tibbiyot tashkilotlarini zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlashga qaratiladi.

Qarorning to‘liq matni bilan tanishish uchun saytimizni kuzatib boring.

 

O‘zA