Istanbuldan uchib kelgan fuqarolar N.Nuritdinova va M.Mirzamaxmudovalar bojxona xodimlarining og‘zaki so‘rovi paytida va yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatmasdan turib, tilla va zargarlik buyumlarini noqonuniy tarzda olib kirishayotganida to‘xtatib qolindi.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, N.Nuritdinova qiymati taxminan 100 million so‘mdan ortiq bo‘lgan 465 gramm og‘irlikdagi, M.Mirzamaxmudova taxminan 45 million so‘mdan ortiq qiymatdagi 208 gramm og‘irlikdagi tilla va zargarlik buyumlarini bojxona nazoratidan chetlab, olib kirmoqchi bo‘lgan.

Hozirda ushbu holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari va surishtiruv jarayonlari davom ettirilmoqda, deya xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona xizmati Axborot xizmati.

2017-yilning o‘tgan davrida “Toshkent-Aero” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi xodimlari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idoralar vakillari bilan hamkorlikda aniqlangan 114 ta bojxona qoidabuzarliki natijasida qiymati 2 milliard 234 million so‘mdan ortiq salkam 37 kilogramm og‘irlikdagi tilla va zargarlik buyumlarining noqonuniy olib o‘tilishiga chek qo‘yilgan.

 

Nurillo Nasriyev, O‘zA