Eng ko‘p takroriy ovoz berish Shayhontoxur va Uchtepada o‘tkaziladi

Toshkent shahar xalq deputatlari tuman Kengashlari saylovining dastlabki natijalariga bag‘ishlab o‘tkazilgan brifingda Uchtepa tumanidagi 18 saylov okrugida, Shayhontoxur tumanidagi 16 saylov okrugida takroriy ovoz berish o‘tkazilishi aytildi.

Takroriy ovoz berish, poytaxtning Yakkasaroy va Yashnobod tumanlaridan tashqari qolgan barcha tumanlarida o‘tkazilishi ma’lum qilindi.

 

O’zA