Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Kasb tayyorgarligi markazi saf maydonida Yangi yil bayrami tantanalari va Prezident archasi tadbirlariga tayyorgarlik ko‘rish hamda ularni o‘tkazish davrida jamoat xavfsizligini ta’minlashga jalb etilgan ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibi bilan yo‘riqnoma o‘tkazildi.

Bayram tadbirlari o‘tkaziladigan joylar soha xodimlarining alohida e’tiborida. Noxush holatlar yuzaga kelishiga yo‘l qo‘ymaslik, xavfsizlikni ta’minlash yuzasidan maxsus reydlar o‘tkazilmoqda.

Yo‘l-patrul xizmati maskanlarida avtotransport vositalari qat’iy tekshiruvdan o‘tkazilayotir. Bayram tadbirlari o‘tkaziladigan maydonlar atrofidagi yo‘llarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tirbandlikning oldini olish choralari ko‘rilmoqda.

 

Nurillo Nasriyev, O‘zA