Mamlakatimizda rasmiy tashrif bilan bo‘lib turgan Afg‘oniston Islom Respublikasi Prezidenti Muhammad Ashraf G‘ani 6 dekabr kuni Buxoroga keldi.

Oliy martabali mehmonni Buxoro xalqaro aeroportida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.Aripov va Buxoro viloyati hokimi O‘.Barnoyev kutib oldi.

Afg‘oniston Prezidenti Buxoro davlat universitetida professor-o‘qituvchilar va talabalar bilan uchrashadi va ular oldida ma’ruza kiladi.

Kunning ikkinchi yarmida Prezident Muhammad Ashraf G‘ani boshchiligidagi delegatsiya a’zolari Buxoroning diqqatga sazovor joylarini ziyorat qiladi.

 

Ziyodulla Jonibekov, O‘zA