Ilg‘or terimchi oilaga mototsikl sovg‘a qilindi
To‘rtko‘l tuman hokimligi tomonidan “10 kun davomida eng ko‘p paxta tergan terimchi oila“ musobaqasida 2879 kilogramm paxta terib, eng yuqori natija ko‘rsatgan Maryam Ahmedovaning oilasiga mototsikl topshirildi.

To‘rtko‘l tumani hokimiyati matbuot xizmati xabariga ko‘ra, musobaqa sektorlar kesimida o‘tkazilgan. Unga ko‘ra, 1-o‘ringa munosib ko‘rilgan oilaga muzlatgich, 2-o‘rinni egallagan ilg‘or terimchi oilasiga televizor va 3-o‘rinni egallagan oilalarga elektr pechkalari taqdim qilingan.

Sovg‘alar tuman hokimligi ishtirokida tantanali ravishda topshirilgan.

 

Ye.QANOATOV, O‘zA