Turkmaniston – Malayziya Turkmanboshi xalqaro dengiz portidan birgalikda foydalanadi

Turkmaniston va Malayziya Qo‘shilmaslik harakati doirasida hamkorlikni rivojlantirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov Malayziya bosh vaziri Mahatxir Muhammad bilan uchrashuvi yakunida fikr bildirgan, deyiladi “Bugungi Turkmaniston” agentligi xabarida.
Ta’kidlanishicha, muzokaralar davomida savdo-iqtisodiy hamkorlikka katta e’tibor qaratilgan. Berdimuhamedov malayziyalik hamkorlarga Turkmanboshi xalqaro dengiz porti infratizimidan birgalikda foydalanishni tavsiya qilgan.
Muloqotda, shuningdek, ikki tomon neft-gaz sohasida hamkorlikni rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.

O‘zA