O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga kirish test sinovlarini o‘tkazish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarorining 1-bandida 2018/2019-o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim muassasasiga qabul qilish bo‘yicha kirish test sinovlarini 1-avgustdan 15-avgustgacha bo‘lgan davrda o‘tkazish, kirish test sinovlari natijalarini test o‘tkazilgan kunning ertasiga Davlat test markazining rasmiy veb-saytida e’lon qilish belgilandi.