Noyob Kongress-xoll har qanday formatdagi yirik anjumanlarni qabul qiladi

Noyob Kongress-xoll har qanday formatdagi yirik anjumanlarni qabul qiladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 25 iyun kuni Tashkent City qurilish maydoniga tashrif buyurdi. 
Mazkur xalqaro biznes markazi sakkizta lotga ajratilgan holda barpo etilmoqda. Shu paytgacha 7 million kub metr tuproq ishlari bajarilib, ellikdan ziyod binoga mustahkam poydevor yaratildi. Bugungi kunda beton karkaslar va devorlar qurish, muhandislik tarmoqlari tortish ishlari olib borilmoqda.
Kongress-xoll va Hilton mehmonxonasi qurilayotgan 5-lot eng ilg‘or maydonlardan biri. Ushbu binolarda temir-beton, metall konstruksiya va tom yopish ishlari yakunlangan bo‘lib, qurilish hajmining sakson foizdan ziyodi bitgan. Hozirda elektr tarmoqlarini montaj qilish, ichki pardozlash va mexanika ishlari bajarilmoqda.
ffecb38c-1cf1-0c50-cf13-0170d8dda6ef.jpg
Davlatimiz rahbariga avvalgi tashrif chog‘idagi ko‘rsatmalarning ijrosi haqida ma’lumot berildi. Jumladan, ulkan kongress-xollda barcha formatdagi xalqaro tadbirlar tashkil etish uchun zamonaviy sharoitlar yaratilmoqda. Bu yerda sammitlar, ular doirasida ikki tomonlama uchrashuv va muzokaralarni yuqori darajada o‘tkazish mumkin bo‘ladi. Katta delegatsiyalar vakillari, ommaviy axborot vositalari xodimlari, xizmat ko‘rsatuvchilar uchun zarur qulayliklar yaratiladi.
7fd0f882-e991-ecd0-6780-8a14b0c6f889.jpg
Prezident kongress-xollga tutash qurilgan 21 qavatli, besh yulduzli Hilton mehmonxonasini ham kirib ko‘rdi. Shu yerda mahalliy va xorijiy investorlar bilan suhbatlashdi.
Davlatimiz rahbari kongress-xoll va mehmonxonada yuqori darajada xizmat ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yib, muntazam daromad topishni ta’minlash, hududda barpo etiladigan istirohat bog‘ida yurtdoshlarimiz va turistlar uchun keng sharoitlar yaratish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.
6b60c67f-8a73-50e8-199e-a017f2ad6af5.jpg
5f44b3ab-85ed-586f-f2bb-c9a684b6ab0c.jpg
f4016af0-ccc4-7035-0e0c-a92d214f2396.jpg
30265ab9-4e03-4044-8443-c1305d672fc7.jpg
a03dbeea-5345-4c3c-210e-bedfd4796b98.jpg

 

O’zA

  25.06.2019, 14:15  |    252 marta ko'rildi

Raxmat

Sayt administratsiyasi xato matn haqida ogohlantirildi!