Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yigirmanchi yalpi majlisi toʻgʻrisida axborot

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yigirmanchi yalpi majlisi toʻgʻrisida

AXBOROT

2019-yil 21-iyun kuni Toshkent shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yigirmanchi yalpi majlisi ish boshladi.

Unda hukumat aʼzolari, vazirlik va idoralar rahbarlari, mamlakatimiz va xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

Majlisda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nutq soʻzladi.

Oliy Majlis Senatining bugungi yalpi majlisi barqaror milliy taraqqiyotimizning yangi bosqichida, jamiyatimiz hayotining barcha soha va tarmoqlarida keng koʻlamli va shiddatli demokratik islohotlar jadal olib borilayotgan masʼuliyatli bir paytda boʻlib oʻtmoqda, dedi davlatimiz rahbari.

Harakatlar strategiyasida belgilangan ustuvor maqsadlar xalqimizning fidokorona mehnati tufayli izchil amalga oshirilayotgani, milliy iqtisodiyot va ijtimoiy sohani rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratilayotgani qayd etildi.

Prezidentimiz xalqimizning hayot darajasi va turmush sifatini yanada yaxshilash, Oʻzbekistonning xalqaro maydondagi obroʻ-eʼtiborini yuksaltirish bilan bogʻliq vazifalarni bajarishda Senatning roli va taʼsirini oshirish zarurligini taʼkidladi.

Biz Senat deganda, birinchi navbatda, milliy parlamentimizning siyosiy, huquqiy va madaniy saviyasini amalda namoyon etadigan, xalq manfaatlarining chinakam ifodachisi va haqiqiy himoyachisi boʻlgan katta bir kuchni tasavvur qilamiz. Senator – bu xalqning yuksak ishonchini qozongan vakil, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Davlatimiz rahbari oʻz nutqida xotin-qizlar uchun munosib ish va turmush sharoiti yaratish, ularni ijtimoiy himoya qilish, ayollarning sotsial-iqtisodiy va siyosiy-huquqiy faolligini oshirish masalalariga alohida urgʻu berdi.

Bir narsani tan olish kerak: ayollar xalqning dardini boshqalardan koʻra chuqur his qiladi. Bu yil dekabr oyida Oliy Majlis va mahalliy kengashlarga boʻlib oʻtadigan saylovlarda ayollarimiz qanchalik koʻp saylansa, bundan davlatimiz ham, jamiyatimiz ham faqat naf koʻradi, dedi Prezident.

Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida yangi – Xotin-qizlar va gender tengligi masalalari boʻyicha qoʻmita tuzishni taklif etdi.

Yalpi majlisda tashkiliy masala koʻrib chiqildi.

Maʼlumki, 2015-yildan buyon Senat Raisi boʻlib ishlab kelayotgan Nigʻmatilla Yoʻldoshev Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori etib tayinlangani munosabati bilan lavozimidan muddatidan oldin ozod etilgan edi.

Davlatimiz rahbari Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 86-moddasiga asosan, Oliy Majlis Senati Raisi lavozimiga Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari – Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi lavozimida ishlab kelgan Tanzila Norboyeva nomzodini taklif etdi.

Yuqori palata aʼzolari nomzod toʻgʻrisida oʻz fikr-mulohazalarini bildirdilar. Tanzila Norboyeva bilimi, tajribasi, vatanparvarligi, jamiyatdagi obroʻ-eʼtibori, insoniy fazilatlari bilan ushbu lavozimga munosibligi, Senat faoliyatini bugungi kun talablari asosida takomillashtirish boʻyicha Prezident nutqida bayon etilgan ustuvor vazifalarni amalga oshirishga qodir ekanini taʼkidladilar.

Senatorlar tomonidan yashirin ovoz berish yoʻli bilan Senat Raisi lavozimiga Tanzila Norboyeva saylandi.

Tanaffusdan soʻng senatorlar oʻz ishini davom ettirdilar va “Turizm toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini koʻrib chiqdilar.

Hujjat turistik faoliyatni davlat tomonidan tartibga solishning huquqiy va institutsional bazasini shakllantirish, milliy turistik mahsulotni ichki va jahon bozorlarida tanitishga koʻmaklashish, sayohat industriyasini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida ishlab chiqilgani taʼkidlandi.

Qonunda mazkur sohadagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari belgilab beriladi. Turizm sohasiga investitsiyalarni jalb qilish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish, soliq va bojxona imtiyozlarini belgilash, yangi ish oʻrinlari tashkil etish, innovatsion va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari joriy etilishini qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish, turistik zonalar va turistik klasterlarning rivojlantirilishini ragʻbatlantirish kabi yoʻnalishlar shular jumlasidandir.

Bu sohada Vazirlar Mahkamasi vakolatlariga yagona davlat siyosati amalga oshirilishini taʼminlash, davlat dasturlarini ishlab chiqish va uni roʻyobga chiqarishni muvofiqlashtirish, turistik zonalar, turistik klasterlarni tashkil etish va ularda turizm sohasi subyektlari faoliyatini amalga oshirish tartibini belgilash, xizmatlarni sertifikatlashtirish, turistlar va ekskursantlarni sugʻurta qilish, ularga tibbiy, huquqiy hamda boshqa turdagi yordam koʻrsatish tartibini belgilash, byudjetdan tashqari Turizm sohasini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasining mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini belgilash, turizm sohasiga investitsiyalarni jalb qilish va turizmni rivojlantirish loyihalarini amalga oshirish boʻyicha idoralararo hamkorlikni muvofiqlashtirish, mehmonxona xizmatlarini, turoperatorlar va turagentlar xizmatlarini koʻrsatish qoidalarini tasdiqlash kabi vazifalar kiradi.

Qonun normalarida turizm sohasi subyektlarining huquqlari, erkinliklari, qonuniy manfaatlarini hamda xavfsizligini himoya qilish ustuvorligi, turizmni barqaror rivojlantirish va buning uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, turizm sohasida tadbirkorlikni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash va raqobatni rivojlantirish, turizm sohasida oshkoralik va ochiqlik kabi asosiy prinsiplar belgilanmoqda.

Bundan tashqari, Qonunda xalqaro va ichki turizm shakllari, shuningdek, madaniy-tarixiy, ziyorat, ekologik, maʼrifiy, etnografik, gastronomik, ishbilarmonlik, ijtimoiy, sport, tibbiy, yoshlar turizmi, agroturizm kabi sayohat turlari mustahkamlanmoqda. Fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining va nodavlat notijorat tashkilotlarining turizm sohasi tadbirlaridagi ishtiroki mexanizmlari belgilanmoqda, ular turizmni rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etish, jamoatchilik nazorati, bu sohada takliflar kiritish, davlat organlari va tashkilotlar bilan hamkorlik qilishdan iborat.

Ushbu hujjat mamlakat iqtisodiyotining strategik tarmogʻi sifatida turizmni rivojlantirishga, pirovardida, aholi turmush darajasi va sifatini oshirishga koʻmaklashishi qayd etildi. Qonun senatorlar tomonidan maʼqullandi.

Shundan soʻng senatorlar “Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini koʻrib chiqdilar. Taʼkidlanganidek, bugungi kunda shaxsga doir maʼlumotlarni himoya qilish dolzarb masaladir va bu nafaqat internet texnologiyalarining shiddat bilan rivojlanishi va umuman globallashuv, balki fuqarolarning shaxsiy hayotga doir huquqini himoya qilish zarurati bilan bogʻliq. Qonun shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berish va ularni himoya qilish chogʻida qoʻllaniladigan vositalaridan, shu jumladan, axborot texnologiyalaridan qatʼi nazar, yuzaga keladigan munosabatlarga nisbatan tatbiq etiladi.

Inson va fuqaroning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklariga rioya etish, shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berish maqsadlari va usullarining qonuniyligi, shaxsga doir maʼlumotlarning aniqligi va ishonchliligi, shaxsga doir maʼlumotlarning maxfiyligi va himoya qilinganligi, subyektlar, mulkdorlar va operatorlar huquqlarining tengligi, shaxs, jamiyat hamda davlatning xavfsizligi asosiy prinsiplar sifatida mustahkamlangan.

Bundan tashqari, Qonunda davlat organlarining bu sohadagi vakolatlari belgilanmoqda. Xususan, Vazirlar Mahkamasi davlat siyosati amalga oshirilishini taʼminlaydi, davlat dasturlarini tasdiqlaydi, Shaxsga doir maʼlumotlar bazalarining davlat reyestrini yuritish va davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazish tartibini belgilaydi, tegishli organlarning faoliyatini muvofiqlashtiradi, shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berilayotganda ushbu maʼlumotlarning himoya qilinganlik darajasini, ular himoyasini taʼminlaydigan talablarni, biometrik va genetik maʼlumotlar mavjud boʻlgan moddiy jismlarga hamda bunday maʼlumotlarni shaxsga doir maʼlumotlardan tashqarida saqlash texnologiyalariga oid talablarni belgilaydi.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi davlat dasturlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi, shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berishning hamda mulkdorning va operatorning shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berilishini hamda ularning himoya qilinishini taʼminlovchi tarkibiy boʻlinmasi yoki vakolatli vakili faoliyatini tashkil etishning namunaviy tartibini tasdiqlaydi, shaxsga doir maʼlumotlar bazalarining davlat reyestrini yuritadi, shaxsga doir maʼlumotlar bazasining roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida guvohnoma beradi, davlat nazoratini amalga oshiradi, normativ-huquqiy bazani takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritadi, shaxsga doir maʼlumotlarning zarur himoya qilinganlik darajasini belgilaydi, ishlov beriladigan shaxsga doir maʼlumotlarning hajmi va mazmunini, faoliyat turini, shaxsga doir maʼlumotlar xavfsizligiga boʻlgan tahdidlarning haqiqiyligini tahlil qiladi, qonun hujjatlarining buzilishlarini bartaraf qilish haqida koʻrsatmalar kiritadi.

Shu bilan birga, Qonunda shaxsga doir maʼlumotlarni himoya qilish mexanizmlari mustahkamlanmoqda, u shaxsga doir maʼlumotlarni himoya qilish boʻyicha huquqiy, tashkiliy va texnik choralar koʻrishni nazarda tutadi. Bu subyektning oʻz shaxsiy hayotiga aralashuvdan himoya qilinish huquqi amalga oshirilishini, shaxsga doir maʼlumotlarning yaxlitligini va but saqlanishini, shaxsga doir maʼlumotlarning maxfiyligiga rioya etilishini, shaxsga doir maʼlumotlarga qonunga xilof ravishda ishlov berilishining oldi olinishini taʼminlaydi. Qonunda bunday maʼlumotlarning maxfiyligi, ularning hamma foydalanishi mumkin boʻlgan manbalariga kiritish uchun subyektning yozma roziligini olish, shuningdek, subyektning shaxsga doir maʼlumotlarini hamma foydalanishi mumkin boʻlgan manbalardan uning murojaatiga koʻra chiqarib tashlash taʼminlanmoqda. Qonun senatorlar tomonidan maʼqullandi.

Parlament aʼzolari “Oʻzbekiston Respublikasining Hisob palatasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini muhokama qildilar. Qonunda Hisob palatasining davlat tashqi auditi va moliyaviy nazoratining oliy organi sifatida huquqiy maqomi mustahkamlanmoqda.

Davlat byudjeti loyihasi parametrlarini shakllantirishni tizimli tahlil qilish, qabul qilinayotgan davlat dasturlarining va hududiy dasturlarning moliyalashtirish manbalari bilan taʼminlanganligi auditini amalga oshirish, shuningdek, byudjet mablagʻlari tushumlarining toʻliqligini oʻrganish hamda nazorat qilish, Davlat byudjeti daromadlarini koʻpaytirish zaxiralarini aniqlash va safarbar qilish, amalga oshirilayotgan byudjet xarajatlari samaradorligi hamda qonuniyligini auditdan oʻtkazish, bu xarajatlarni kamaytirish imkoniyatlarini aniqlash Hisob palatasining asosiy vazifalari hisoblanadi.

Bundan tashqari, Hisob palatasi byudjet mablagʻlari va davlat tomonidan mablagʻ jalb qilish hisobidan amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarini baholaydi, soliq, bojxona va byudjet toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini takomillashtirishga, byudjetni rejalashtirishning zamonaviy usullarini joriy etishga doir takliflar kiritadi, respublika byudjeti hamda mahalliy byudjetlar oʻrtasidagi nisbatning maqbulligini baholaydi, Prezident hujjatlari va topshiriqlari ijrosini nazorat qiladi, pul-kredit va valyuta siyosatini, mamlakat aktivlari hamda majburiyatlari holatini, oltin-valyuta zaxiralarining boshqarilishini, shuningdek, qimmatbaho metallar va toshlar bilan amalga oshirilayotgan operatsiyalarni tashqi auditdan oʻtkazadi.

Hisob palatasi faoliyatining asosiy prinsiplari qonuniylik, mustaqillik, xolislik, ochiqlik va shaffoflikdan iboratdir. Bundan tashqari, Qonun normalarida Hisob palatasining davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorligi mexanizmlari belgilanmoqda, shuningdek, uning faoliyatini tashkil etish, mansabdor shaxslarni huquqiy va ijtimoiy himoya qilish masalalari, shu jumladan, Hisob palatasi xodimlarini huquqiy himoya qilish kafolatlari, Hisob palatasi mansabdor shaxslarini moddiy va ijtimoiy taʼminlash, Hisob palatasini moliyaviy va moddiy-texnik taʼminlash masalalari tartibga solinmoqda. Qonun senatorlar tomonidan maʼqullandi.

Soʻngra parlament aʼzolari “Qurol toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini koʻrib chiqdilar. Hujjat davlat organlari, yuridik va jismoniy shaxslar qonuniy asosda egalik qilayotgan va foydalanayotgan qurol muomalasini tartibga solish maqsadida ishlab chiqilganligi qayd etildi. Hujjatda qonuniylik, fuqarolarning hayoti va sogʻligʻini himoya qilish hamda saqlash, ularning huquq va erkinliklarini himoya qilish ustuvorligi, xalqaro majburiyatlarning vijdonan bajarilishi, axborotning oshkoraligi hamda undan foydalana olish kabi qurol muomalasining asosiy prinsiplari belgilanmoqda.

Qonunda qurol turlari tasniflanmoqda va u fuqaroviy qurol, xizmat quroli hamda jangovar quroldan iborat. Fuqaroviy qurol ov quroli, sport quroli va oʻzini oʻzi himoya qilish quroliga boʻlinadi. Fuqarolarning hayoti va sogʻligʻini, mol-mulkni himoya qilishga, tabiatni, qimmatbaho va xavfli yuklarni, maxsus xat-xabarlarni muhofaza qilishga doir vazifalarni bajarish chogʻida yuridik shaxslarning xodimlari tomonidan, shuningdek, mansabdor shaxslar tomonidan shaxsiy xavfsizlikni taʼminlash maqsadida foydalanish uchun moʻljallangan qurol xizmat quroli jumlasiga kiradi. Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati va boshqa tuzilmalar tomonidan qoʻllaniladigan, jangovar harakatlarni olib borish hamda xizmat vazifalarini bajarish uchun moʻljallangan qurol jangovar qurol hisoblanadi.

Shuningdek, Qonunda qurolni va uning oʻq-dorilarini olish huquqiga ega boʻlgan subyektlar roʻyxati belgilangan. Maxsus organlar va harbiy tuzilmalar, maxsus xizmat vazifalariga ega boʻlgan, qurol ishlab chiqarish va uni realizatsiya qilish, ovchilik va otish sporti sohasidagi faoliyat bilan shugʻullanadigan yuridik shaxslar, qurolni kolleksiyalash yoki koʻrgazmaga qoʻyish bilan shugʻullanadigan yuridik va jismoniy shaxslar, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari, fuqaroligi boʻlmagan shaxslar ana shu roʻyxatga kiradi.

Shundan keyin “Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga va Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartish hamda qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni muhokama etildi. Qayd etilishicha, Jinoyat kodeksiga va Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga shaxsga doir maʼlumotlarni himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun jinoiy va maʼmuriy javobgarlik joriy etishni nazarda tutuvchi oʻzgartishlar kiritilmoqda.

Bundan tashqari, Jinoyat kodeksiga va Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga mehnat qilish huquqini, mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzganlik uchun jinoiy javobgarlikni kuchaytirishni nazarda tutuvchi oʻzgartishlar kiritilmoqda. Mehnat va mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini, voyaga yetmaganlar mehnatidan foydalanish mumkin emasligi toʻgʻrisidagi talablarni buzganlik, ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablarini bajarmaganlik, vaqtinchalik ishga layoqatsizlik, homiladorlik va tugʻish boʻyicha nafaqalar toʻlash majburiyatidan boʻyin tovlaganlik uchun maʼmuriy javobgarlikni kuchaytirish nazarda tutilmoqda.

Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasiga chet eldan ish kuchini jalb qilish va undan foydalanish tartibini buzganlik uchun maʼmuriy javobgarlik ham belgilanmoqda. Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik, mehnat qilishga maʼmuriy yoʻllar bilan majburlaganlik va boʻsh ish oʻrinlarini bekitganlik uchun ham maʼmuriy javobgarlik kuchaytirildi. Qonun senatorlar tomonidan maʼqullandi.

Soʻngra parlament yuqori palatasi aʼzolari “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini koʻrib chiqdilar. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki ishlar organlarining jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini taʼminlash sohasidagi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 1-maydagi PQ–2940-sonli qarorining 10-bandiga muvofiq Amalga oshirilishi uchun litsenziyalar talab qilinadigan faoliyat turlarining roʻyxatiga ov va sportga moʻljallangan oʻqotar qurolni hamda uning oʻq-dorilarini, shuningdek, sovuq qurolni (pichoqlarning milliy turlaridan tashqari) ishlab chiqarish, taʼmirlash va realizatsiya qilish oʻrniga fuqaroviy va xizmat quroli hamda uning oʻq-dorilarini ishlab chiqarish, taʼmirlash va realizatsiya qilishdan iborat yangi faoliyat turi kiritilmoqda.

Bundan tashqari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 12-martdagi qarorining 11-bandiga muvofiq “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi hamda “Mediatsiya toʻgʻrisida”gi qonunlarga sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini majburiy ijro etish jarayonida mediatsiya instituti joriy etilishini nazarda tutuvchi oʻzgartishlar kiritilmoqda. Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini majburiy ijro etish jarayonida mediatsiya tartib-taomillari undiruvchining arizasi boʻyicha 15 kundan koʻp boʻlmagan muddatga ijro ishini yuritishni toʻxtatib turish uchun asos hisoblanadi. Undiruvchi va qarzdor oʻrtasida ijro predmeti yuzasidan bitimga erishilmaganda, shuningdek, tomonlardan biri mediatsiyani davom ettirishdan voz kechganda yoki uni amalga oshirish muddati tugaganda ijro ishini yuritish davlat ijrochisi tomonidan qaytadan boshlanadi.

Mutaxassis davlat ijrochisi qarori bilan tanishgan kundan boshlab 15 ish kuni ichida yozma xulosa taqdim etishi shartligini nazarda tutuvchi oʻzgartishlar ham kiritilmoqda. Kiritilayotgan oʻzgartishga koʻra ijro hujjatlarida undiruvchining yoki qarzdorning elektron pochtasi yoki mobil telefonining raqami (agar ular sudga yoki ijro hujjatini bergan boshqa organga (mansabdor shaxsga) taqdim etilgan boʻlsa) mavjud boʻlgan taqdirda, ijro ishini yuritishni qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi xabarnoma uning joʻnatilganligi va qabul qilinib olinganligi faktlarini qayd etish imkonini beruvchi maxsus avtomatlashtirilgan tizimdan foydalangan holda elektron pochtaga yoxud mobil aloqa vositalari orqali qisqa xabar (SMS) tarzida yuboriladi. Qonun senatorlar tomonidan maʼqullandi.

Soʻngra parlament aʼzolari “Xalqaro mehnat tashkilotining 1930-yildagi Majburiy mehnat toʻgʻrisidagi 29-sonli Konvensiyasiga Bayonnomani (Jeneva, 2014-yil 11-iyun) ratifikatsiya qilish haqida”giOʻzbekiston Respublikasi Qonunini koʻrib chiqdilar. Qonun bilan Xalqaro mehnat tashkilotining 1930-yildagi Majburiy mehnat toʻgʻrisidagi 29-sonli Konvensiyasiga Bayonnomani (bundan buyon matnda Bayonnoma deb yuritiladi) ratifikatsiya qilish nazarda tutilmoqda. Unga koʻra XMTning har bir aʼzosi Konvensiyadan kelib chiqadigan oʻz majburiyatlarini ijro etish maqsadida majburiy mehnat xavfining oldini olishga, majburiy mehnat xavfini oshiradigan omillarni aniqlashga, ish beruvchilar majburiy mehnat amaliyotida ishtirok etishining oldini olish uchun ularni oʻqitish va xabardor qilishga qaratilgan faol saʼy-harakatlar olib boradi.

Bayonnomani 30 ta davlat, shu jumladan, Buyuk Britaniya, Norvegiya, Finlyandiya, Fransiya, Chexiya, Ispaniya, Niderlandiya, Isroil, Rossiya ratifikatsiya qilganligi qayd etildi. Bayonnomaning majburiy mehnatni taqiqlash toʻgʻrisidagi qoidalari Konstitutsiyada (37-modda), Mehnat kodeksida (7-modda), Jinoyat kodeksida, Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksda, bir qator qonunlar va Hukumat qarorlarida aks etganligi taʼkidlandi.

Parlament aʼzolarining fikricha, ushbu Bayonnomaning ratifikatsiya qilinishi majburiy mehnatning oldini olish, bunga majbur qilinganlarni himoya qilish va himoya vositalaridan foydalanishni taʼminlash boʻyicha yangi majburiyatlarni belgilagan holda xalqaro-huquqiy bazani mustahkamlash, shuningdek, XMT bilan munosabatlarda Oʻzbekistonning ijobiy imijini shakllantirish, majburiy mehnatga duchor qilinganlar huquqlari va manfaatlarini himoya qilish sohasidagi rivojlangan mamlakatlar tajribasini oʻrgangan holda xalqaro huquqni himoya qiluvchi tashkilotlar bilan amaliy hamkorlikni rivojlantirish imkonini beradi. Qonun senatorlar tomonidan maʼqullandi.

Shundan keyin senatorlar tomonidan Navoiy viloyatining Navoiy shahri va Karmana tumani chegaralarini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi masala koʻrib chiqildi.

Bu masala birinchi navbatda hududlarning ijtimoiy infratuzilmasini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etishi taʼkidlandi. Jumladan, Karmana tumanidan ajratilayotgan hududda qariyb 7 ming kishi istiqomat qiladi.

Navoiy shahri hududining cheklanganligi zarur hajmda qurilish loyihalarini amalga oshirish imkonini bermaydi. Shu sababli koʻp qavatli uylar, sport inshootlari va ijtimoiy obyektlar maydoni 144 gektardan ortiq Karmana tumani hududining bir qismida qurilmoqda. Biroq bu shahar kommunikatsiyalariga ulanish imkoniyatini qiyinlashtirmoqda. Shu munosabat bilan Karmana tumani Varq va Yoshlik mahallalarining 1097,58 gektar yerini Navoiy shahri tarkibiga oʻtkazish nazarda tutilmoqda. Masala senatorlar tomonidan maʼqullandi.

Soʻngra parlamentning yuqori palatasi aʼzolari Sirdaryo viloyati hokimining hududlarni rivojlantirish hamda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari faoliyati toʻgʻrisidagi hisobotini eshitdilar.

Yalpi hududiy mahsulot (YAHM) hajmi 2018-yilda 8,2 trillion soʻmni, 2017-yilga nisbatan oʻsish surʼati 102,1 foizni tashkil etganligi qayd etildi. 2019-yilning birinchi choragida YAHM 1,8 trillion soʻmni, oʻtgan yilning oʻsha davriga nisbatan oʻsish surʼati esa 102,6 foizga yetdi. Sanoat mahsulotlarini chiqarish hajmi 1673,4 milliard soʻmni tashkil etdi va oʻsha davrga nisbatan 100,5 foizga oʻsdi. Viloyatning asosiy kapitalini koʻpaytirish uchun 519,8 milliard soʻmlik investitsiyalar kiritildi. Iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha xizmatlar hajmi 543,2 milliard soʻmni, 2018-yilga nisbatan oʻsish 118,5 foizni tashkil etdi.

Hisobotni eshitishda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 19-fevral kuni Sirdaryo viloyatiga tashrifi chogʻida bergan topshiriqlari ijrosiga, jumladan, viloyatning Xovos tuman markazini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlariga asosiy urgʻu berildi. Hozirgi vaqtda Xovos shaharchasi markazini qurish ishlari amalga oshirilayotganligi qayd etildi. Jumladan, 240 ta kvartiraga moʻljallangan arzon narxlarda 10 ta besh qavatli uy qurish ishlari yuqori surʼatlar bilan olib borilmoqda. Bundan tashqari, 100 ta uy qurish uchun yer maydonlari ajratildi, qurilish ishlari boshlandi.

Shu bilan birga, Sirdaryo viloyatida hududlarni rivojlantirishga va xalq deputatlari mahalliy Kengashlari ishi samaradorligini oshirishga salbiy taʼsir koʻrsatadigan muammo va kamchiliklar mavjud. Ayrim vazirliklar va idoralarda mavjud muammolarni hal qilishga kompleks yondashilmasligi tufayli bu masalalar dolzarbligini yoʻqotmayapti. Jumladan, elektr bilan taʼminlovchi korxonalar dispetcherlik punktlarining maxsus texnika bilan taʼminlanganlik darajasi 40-45 foizni tashkil etishi, bu esa tegishli xizmatlar sifatini taʼminlash uchun yetarli emasligi qayd etildi.

Muhokama chogʻida viloyat aholisini ichimlik suvi bilan taʼminlash masalasiga ham alohida eʼtibor qaratildi. Hudud boʻyicha bu koʻrsatkich atigi 65,6 foizni tashkil etishi taʼkidlandi. Aslida bu koʻrsatkichni shu yilning oʻzida 86,1 foizgacha oshirish imkoniyati mavjud. Buning uchun barcha rejalashtirilgan ishlar aniq va sifatli bajarilishi kerak. Muhokama yakunlari boʻyicha Senatning tegishli qarori qabul qilindi.

Shundan keyin yalpi majlis ishtirokchilari istiqbolli turizm yoʻnalishida Oʻzbekiston xalqaro imijini oshirish choralari toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga parlament soʻrovi yuborish toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqdilar.

Mamlakatimizga sayohat qilishni xohlovchilar oqimini oshirishda jahon hamjamiyatini mamlakatimizda mehmonlar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar va imkoniyatlardan toʻgʻri xabardor qilish muhim ahamiyat kasb etishi qayd etildi. Biroq xorijiy mamlakatlar tashqi siyosiy idoralarining rasmiy tavsiyalarida Oʻzbekiston haqida noxolis va eskirgan maʼlumotlar berilayotganligi tufayli bu sohada ijobiy oʻzgarishlar sezilmayapti. Shu munosabat bilan tegishli parlament soʻrovini yuborish zarurati yuzaga keldi. Masala senatorlar tomonidan maʼqullandi.

Shuningdek, parlament aʼzolari Ichki ishlar vazirligi akademik litseylarida qonun hujjatlari ijrosi holati toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga parlament soʻrovi yuborish haqidagi masalani ham koʻrib chiqdilar. Masala senatorlar tomonidan maʼqullandi.

Soʻngra senatorlar fuqarolarning koʻchmas mulk obyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish, mulk huquqini rasmiylashtirish va ularni soliqqa tortishga oid qonun hujjatlari ijrosi holati va bu sohadagi huquqni qoʻllash amaliyoti toʻgʻrisida, qishloq xoʻjaligida mehnatga oid munosabatlarni tartibga solish hamda mazkur sohadagi norasmiy bandlik masalalari yuzasidan, mamlakatda imkoniyati cheklangan yoshlarning taʼlim olishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar haqida, umumtaʼlim maktablari darsliklarining davlat taʼlim standartlari talablariga muvofiqligi toʻgʻrisida avval yuborilgan parlament soʻrovlari natijalarini koʻrib chiqdilar.

Muhokama etilgan masalalar yuzasidan Senatning tegishli qarorlari qabul qilindi.

Oliy Majlis Senatining yigirmanchi yalpi majlisida 18 ta masala, shu jumladan, 7 ta qonun koʻrib chiqildi.

Senatorlar tomonidan maʼqullangan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari jamiyatning barcha sohalarida huquqiy asoslarning yanada mustahkamlanishini va islohotlar hamda oʻzgarishlarning izchil amalga oshirilishini taʼminlashga qaratilganligi taʼkidlandi.

Shuning bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yigirmanchi yalpi majlisi oʻz ishini yakunladi.

Oʻzbekiston Respublikasi 
Oliy Majlisi Senatining 
Axborot xizmati Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yigirmanchi yalpi majlisi toʻgʻrisida

Axborot xizmati

O’zA

  24.06.2019, 07:33  |    119 marta ko'rildi

Raxmat

Sayt administratsiyasi xato matn haqida ogohlantirildi!