photo5471889825637444409.jpg

1961 yildan 1973 yilgacha 144ta radiopostanovkaga rejissyorlik qilgan radio va teatr rejissyori, Respublikada xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Javlon TOShXO‘JAEV uzoq davom etgan xastalikdan so‘ng 75 yoshida vafot etdi.
Javlon Hamidovich Toshxo‘jaev 1943 yilning 11 dekabrida Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1953 yildan boshlab 10 yoshidan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining bolalar tahririyatida havaskor diktor, 1960 – 1974 yillarda oliy toifadagi teleradiorejissyor lavozimlarida ishlagan. Radio fonotekasi «Oltin fondi»da 200 dan ziyod asarlari mavjud. «Tabassum» radiojurnali, «Dugonajonlar», «Yoshlik radiostansiyasi» «Alanga» radiojurnallari asoschisi.
Javlon Toshxo‘jaev 1974 yilda Respublika Madaniyat vazirligining buyrug‘iga ko‘ra, Farg‘ona va Andijon viloyatlariga yuborilgan. 4 yil Qo‘qon shahar teatrida rejissyor, 32 yil mobaynida Andijon viloyati madaniyat boshqarmasida mas’ul lavozimlarda, Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon viloyati musiqali drama teatrida teatr direktori va bosh rejissyori lavozimlarida ishlagan.
Javlon Toshxo‘jaev mehnat faoliyati davrida O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi faxriy unvoni, «Mehnat shuhrati» ordeni, turli ko‘krak nishonlari hamda faxriy yorliqlar bilan taqdirlangan.
1961 yildan 1973 yilgacha 144ta radiopostanovkaga rejissyorlik qilgan radio va teatr rejissyori, Respublikada xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Javlon TOShXO‘JAEV uzoq davom etgan xastalikdan so‘ng 75 yoshida vafot etdi.
Taniqli rejissyor, mehribon ustoz, kamtarin inson Javlon Toshxo‘jaevning yorqin xotirasi qalblarimizda hamisha saqlanib qoladi.
Marhumning yaqinlariga hamdardlik bildiriladi.

 

O‘zA