4 aprel jahon voqealari qisqa satrlarda

Fransiya. Alp tog‘laridagi kuchli qor bo‘ronlari oqibatida 50 mingga yaqin uylar elektr energiyasi ta’minotidan uzilib qoldi. 
Afg‘oniston. Mamlakat qurolli kuchlari tomonidan “Tolibon” radikal guruhiga qarshi amalga oshirilayotgan hujumlarda 13 ta harbiy halok bo‘ldi.
Shimoliy Koreya. Koson shahrida kuchli o‘rmon yong‘inlari yuz berdi.Favqulodda holat yuzasidan Kanvondo provinsiyasi aholisi evakuatsiya qilindi.
Eron. Kuchli yog‘ingarchilik oqibatidagi suv toshqinlarida halok bo‘lganlar soni 70 taga yetdi.
Ukraina. Mamlakatda o‘tkazilgan prezidentlik saylovlarining birinchi tur natijalari e’lon qilindi.

 

Z. Mirzaboeva, O‘zA