Vladimir Norov Shanxay hamkorlik tashkilotining Bosh kotibi lavozimini bajarishga kirishdi

Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar rahbarlari Kengashining qaroriga binoan 2019-yilning 1-yanvardan boshlab Vladimir Norov Shanxay hamkorlik tashkilotining Bosh kotibi lavozimini bajarishga kirishdi. Bu haqida Tashqi ishlar vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.
V.Norov ilgari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori lavozimida ishlagan va Favqulodda va muxtor elchi martabasiga ega.

 

O’zA