Gʻiyosjon Karimovdan ilk musobaqada yuksak natija

Joriy yilning 15-19 noyabr kunlari Moskva shahrida kattalar oʻrtasida universal jang boʻyicha havaskorlar oʻrtasida jahon chempionati oʻtkazildi.
photo5452142884565395915.jpg
Unda oʻta ogʻir vazn toifasi boʻyicha ishtirok etgan Toshkent viloyati IIB Tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbarlik otryadi xodimi, safdor Gʻiyosjon Karimov Ukraina, Moldova va hindistonlik raqiblarini magʻlubiyatga uchratib, musobaqaning final bosqichiga yetib keldi.
Mazkur chempionatda birinchi marta qatnashayotgan yosh hamkasbimiz hal qiluvchi bahsda oʻzidan ancha tajribali boʻlgan rossiyalik sportchilar bilan bellashdi. Yakuniy natijalarga koʻra, har ikkala yoʻnalish boʻyicha ham musobaqaning kumush medallari va “Universal jang” havaskorlar xalqaro federatsiyasining diplomlari bilan taqdirlangan Gʻiyosjon 2019 yilning fevral oyida ushbu sport turi boʻyicha Ukrainada boʻlib oʻtadigan Yevropa kubogi musobaqalariga ham yoʻllanmani qoʻlga kiritdi. Unga ana shu nufuzli musobaqada ham omad tilaymiz!
Oʻzbekiston Respublikasi IIV 
Jamoatchilik va ommaviy axborot 
vositalari bilan aloqalar boshqarmasi

 

OʻzA