Eng mohir qilichbozlar Toshkentda jam boʻladi

Joriy yiling noyabr oyida dunyoning eng mohir qilichbozlari poytaxtimizga keladi.
Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi qaroriga muvofiq, Toshkentda 11 noyabr kuni erkaklar oʻrtasida qilichbozlikning shpaga yoʻnalishi boʻyicha erkaklar oʻrtasida “Satellit“ xalqaro turniri oʻtkazilsa, 17-18 noyabr kunlari oʻsmir-qizlar oʻrtasida qilichbozlikning sablya turi boʻyicha Jahon kubogi musobaqasi boʻlib oʻtadi.
Shu munosabat bilan barcha qilichbozlik sporti ixlosmandlari, OAV xodimlarini Respublika badiiy gimnastika boʻyicha bolalar-oʻsmirlar olimpiya zaxiralari sport maktabiga taklif qilinadi.
Sport majmuasi manzili: Toshkent shahri Yunusobod tumani Korxojiota koʻchasi, 2A-uy.
Oʻzbekiston qilichbozlik federatsiyasi matbuot xizmati

 

O’zA