Oʻzbekiston delegatsiyasi JSST Yevropa mintaqaviy byurosining global konferensisida ishtirok etmoqdi

Ushbu tadbir jahondagi birlamchi tibbiy tizimining dolzarb masalalarini muhokama qilish uchun dunyo davlatlarining sogʻliqni saqlash yetakchilarini birlashtirdi.

Joriy yil 25-oktyabr kuni Sogʻliqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov boshchiligidagi Oʻzbekiston delegatsiyasi Qozogʻiston poytaxti Ostona shahrida Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar jamgʻarmasi (YUNISЕF) va Qozogʻiston hukumati tomonidan tashkil etilgan Birlamchi tibbiy va sanitar yordam koʻrsatish boʻyicha global konferensiyada ishtirok etmoqda. Ushbu tadbir jahondagi birlamchi tibbiy tizimining dolzarb masalalarini muhokama qilish uchun dunyo davlatlarining sogʻliqni saqlash yetakchilarini birlashtirdi.

photo5370676730873883065.jpg

Qayd etish joizki, ushbu global konferensiya dunyoning barcha mamlakatlarida sifatli va sifatli tibbiy xizmatlarni taqdim etish imkoniyatlarini yaxshilashga yordam beradi. Unda barcha mamlakat vakillari sogʻliqni saqlashning umumiy qamrovi va Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish uchun birlamchi tibbiy yordamga investitsiyalarni koʻpaytirishga alohida eʼtibor qaratishmoqda. Zero, birlamchi tibbiy yordamga sarmoya kiritish sogʻliqni saqlash koʻlamini yanada yaxshilash va tizim qamrovini kengaytirish uchun eng samarali, iqtisodiy va adolatli strategiyadir. Konferensiyada har bir qitʼa va davlatlarda birlamchi tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish va tizimini takomillashtirishga qaratilgan keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilayotgani taʼkidlandi.

Ikki kun davomida konferensiya dasturi doirasida oliy darajadagisessiyalar, turli tadbir va koʻrgazmalar tashkil etilishi koʻzda tutilgan.

 
Sogʻliqni saqlash vazirligi
Axborot xizmati
OʻzA