11-12 oktyabr kunlari Oʻzbekiston delegatsiyasi Dushanbe shahrida boʻladi

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov boshchiligidagi delegatsiya Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar Hukumat rahbarlari (Bosh vazirlari) kengashining (SHHT HRK) navbatdagi majlisida ishtirok etadi. Tadbir 11-12-oktyabr kunlari Dushanbe shahrida boʻlib oʻtadi.

Tashqi ishlar vazirligi axborot xizmatining maʼlumotlariga koʻra, yigʻilishning kun tartibidan savdo-iqtisodiy va gumanitar aloqalarning hozirgi holati va istiqbollari, ularni rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar, koʻp tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorlik dasturini amalga oshirishning borishi, SHHT doirasidagi loyihalash faoliyatini moliyaviy taʼminlash mexanizmlari toʻgʻrisida fikr almashish oʻrin olgan.

Shuningdek, Hindiston, Pokiston, Qirgʻiziston, Qozogʻiston, Rossiya, Tojikiston, Xitoy, Oʻzbekiston hukumat rahbarlari hamda SHHT Ishbilarmonlar kengashi va Banklararo birlashmasi faoliyatini, tashkilotning 2019-yil uchun budjetini, SHHT HRK keyingi majlisi muddati va joyini muhokama qilish, mazkur masalalar boʻyicha tegishli qarorlar qabul qilinishi rejalashtirilgan.

 

OʻzA